Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek boksi Osiyoda tengsiz deb topildi

O‘zbek boksi Osiyoda tengsiz deb topildi

Tailand davlatining Bangkok shahrida Osiyo boks konfederatsiyasining navbatdan tashqari Kongressi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning kun tartibidan qit’amiz boksi rivojiga oid bir qator masalalar, shuningdek, 2022 yil mintaqada o‘tgan barcha musobaqalar hisoboti o‘rin oldi.

Quvonarlisi, O‘zbekiston boks federatsiyasi o‘tgan 2022 yil hisobidan medallar jamg‘arish bo‘yicha Osiyoda «Yil federatsiyasi» deya tan olindi va Osiyo boks konfederatsiyasining maxsus mukofoti bilan taqdirlandi.

Ushbu sovrinni O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi maslahatchisi Malik Babayev qabul qilib oldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring