Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbek futbolida kelishilgan o‘yinlar har doim bo‘lgan» – Diyor Imomxo‘jayev

«O‘zbek futbolida kelishilgan o‘yinlar har doim bo‘lgan» – Diyor Imomxo‘jayev

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev milliy terma jamoa, milliy chempionat, kelishilgan o‘yinlar va Vadim Abramov bilan o‘rtasidagi nizo haqida gapirib berdi.

— Kelishilgan o‘yinlar o‘zbek futbolida har doim bo‘lgan. Hozir ham aynan shu sohaga aralashuvlar bo‘lishi mumkin, ammo avvalgi yillar, avvalgi davr bilan solishtirganda ancha kamaygan. O‘FA saytini ochib, oxirgi 6 yillikni kuzatib chiqing, qancha hakam, qancha futbolchi, qancha murabbiy, qancha klub futboldan chetlashtirilganini ko‘rasiz. Ya’ni doimiy kurash bor baribir. Masalan, Italiyada «Yuventus»ga nisbatan har yarim yilda yangi ayblov e’lon qilinadi. Butun dunyoda bor demoqchiman.

Misol uchun, FIFA, OFK katta bukmekerlik kontoralar bilan hamkorlik qiladi va qaysidir o‘yinga shubhasi borligini e’lon qiladi. Xususan, O‘zbekistonga ham. O‘sha paytlarda bir yilda taxminan 200 ta o‘yin bo‘lgan desak, 30-40 ta o‘yinga shubha kelardi. FIFA rasman aytadi, shu o‘yinda sog‘lom ruh yo‘q deb.

Hozir esa butun mavsum davomida 2-3 ta o‘yinga shunaqa shubha bildirishadi. Undayam FIFA 100 foiz demaydi, shu bo‘yicha tekshiruv o‘tkazinglar, deydi. Butunlay tozalandi demayman, lekin doimiy kurash olib boramiz. Ozgina bo‘sh qo‘ysak, ozgina qanaqadir lazeyka ochiladigan bo‘lsa, otni qamchilab qolishni istaydigan odamlar ko‘p. Hayotimiz o‘zi shunday-ku, har doim kurash, kurash, kurash...» — dedi PFL direktori.

Diyor Imomxo‘jayev Vadim Abramov bilan bo‘lib o‘tgan nizo haqida ham javob berdi:

— Vadim Abramov bilan hozir hammasi yaxshi. U o‘ziga mos ligada faoliyatini davom ettiryapti. Biz o‘z ishimizni qilyapmiz. Bunaqa narsalar futbolda juda ko‘p bo‘ladi. Ba’zida Ro‘ziqul Berdiyev, Mirjalol Qosimov yoki Ulug‘bek Baqoyev bilan ham nimadir bo‘lishi mumkin. Bu tabiiy jarayon.

Endi men ham o‘sha paytda milliy terma jamoamiz jahon chempionatiga chiqolmaganimiz uchun alamzada paytim bo‘lgan. Bugungi faqat bir narsani ayta olaman, bir vaqtlar qanaqadir mutaxassislar o‘zbek futboliga yoki chempionatiga o‘z tazyiqini o‘tkaza olgan. Hozir PFLni o‘zgartirish ilojsiz, PFL qat’iy pozitsiyasiga ega, qat’iy reglament bor. Reglament degan narsa saqichga o‘xshab har yili o‘zgaraverishi kerakmas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring