Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek futbolining taniqli vakili vafot etdi

O‘zbek futbolining taniqli vakili vafot etdi

O‘tmishdagi taniqli futbolchilardan biri, murabbiy sifatida ko‘plab shogirdlar yetishtirgan Vladimir Shtern 82 yoshida vafot etdi.

«Paxtakor»da to‘liq 10 mavsum o‘ynagan futbolchilar ko‘p emas. Vladimir Shtern shuncha mavsum klub sharafini himoya qilganlardan biridir.

Vladimir Shtern katta sport yo‘lini mashhur murabbiy Sergey Arutyunov qo‘l ostida «Paxtakor» maktabida boshlagan. 1960 yili esa Birodar Abduraimov va Dmitriy An qatori «Paxtakor» o‘rinbosarlar jamoasi safiga qo‘shiladi. Keyinchalik Shtern «Paxtakor»ning asosiy himoyachisiga aylanadi.

Shtern futbolchilik faoliyatidan keyin futbol maktablarida ishladi. Xususan, 20 yil davomida Gennadiy Krasnitskiy nomidagi bolalar va o‘smirlar maktabiga rahbarlik qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring