O‘zbek gimnastlarining navbatdagi muvaffaqiyatlari
UzAuto va O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining butun jamoasi sport va badiiy gimnastika bo‘yicha terma jamoamizni V Islom birdamligi o‘yinlaridagi ajoyib natijalari bilan tabriklaydi.
Kecha Toshkent xalqaro aeroportida 9-18 avgust kunlari Turkiyada o‘tkazilgan beshinchi Islom birdamligi o‘yinlaridan qaytgan O‘zbekiston delegatsiyasini kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqalarda o‘zbekistonlik sportchilar 158 ta medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shundan 17 tasi gimnastlarimiz hisobiga yozildi.
Quyida, gimnastika bo‘yicha ayollar jamoasining yutuqlari keltirib o‘tiladi:
O‘zbek va jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina beshinchi Islom birdamligi o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Chusovitina o‘zining sevimli dasturi – tayanib sakrash bo‘yicha eng yaxshi natija qayd etib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.
Oksana Chusovitinadan keyin yana bir gimnastikachimiz Dildora Aripova oltin medal sohibiga aylandi. Elvira Rakovaning shogirdi bo‘lmish Dildora to‘sinda a’lo darajada harakat qildi.
Rakovaning yana bir shogirdi Ominaxon Xalilova pol mashqlari bo‘yicha ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi.
Shu tariqa, barcha qizlarimiz ushbu musobaqada turli mukofotlarga sazovor bo‘lishdi. O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi rahbariyati barcha sportchilarimizni Konyadagi ushbu startda ko‘rsatgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklaydi hamda Stella Koshechkina, Elvira Rakova, Andrey Nilov, Andrey Markelov va yuksak saviyali sportchilarni tayyorlash, yurtimiz sharafini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shayotgan barcha murabbiylar, xoreograflar, shifokorlar, massajchilar va boshqa xodimlarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.
Oltin - Oksana Chusovitina, tayanib sakrash
Oltin - Dildora Oripova, to‘siqdagi mashqlar
Kumush - jamoaviy ko‘pkurash (Oksana Chusovitina, Dildora Aripova, Ominaxon Xalilova)
Kumush – Dildora Aripova, yakkakurash.
Kumush – Ominaxon Xalilova, pol mashqlari.
Jami: 5 ta medal
Shuningdek, sportchilarimiz badiiy gimnastika bo‘yicha ham yaxshi natija ko‘rsatishdi. Koniyadagi arenalarda yana O‘zbekiston madhiyasi yangradi.
Xususan, guruh mashqlarida qizlarimiz eng zo‘r natija qayd etishdi. Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozov, Nilufar A’zamova, Mumtozabonu Ishoqzoda, Mariya Pak va Xurshidabonu Abduraufovalar 5 halqa dasturi bo‘yicha 34,750 ball to‘plagan holda oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Taxmina Ikromova (halqa) terma jamoa kolleksiyasiga oltin medal qo‘shib qo‘ydi.
Jamoa ko‘pkurashida 6 ta kumush medal (Ikromova, Tashkenbayeva, Rahimova), ko‘pkurash guruh mashqlarida — Shaxzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyozova, Mumtoza Isxakzoda, Nilufar A’zamova, Mariya Pak, Xurshida Abduraufova va Taxmina Ikromova tomonidan kumush medal qo‘lga kiritildi. (koptok, cho‘qmor, lenta), guruh (3+2)
Sabina Tashkenbayeva hisobiga 1 bronza medali yozib qo‘yildi.
Jami: 9 ta medal
Gimnastika bo‘yicha erkaklar jamoasi ham katta muvaffaqiyatlarga erishdi:
Kumush, jamoa ko‘pkurash - Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov, Xabibullo Ergashev.
Rasuljon Abdurahimov bronza, yakkalik ko‘pkurash va notekis to‘siqlarda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Natija: 3 ta medal
«O‘zavtosanoat» Rasuljon Abdurahimov, Abdulla Azimov va Habibullo Ergashevni muvaffaqiyatli chiqishlari bilan tabriklaydi. Shuningdek, kompaniya O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari Mirzayev Ravshan, Galkin Yevgeniy va Abdusamatov Xusniddinni tabriklaydi. Ushbu murabbiylarning shogirdlari tomonidan yuqori natijalar qayd etildi va yurtimiz bayrog‘i yuqoriga ko‘tarildi.
«O‘zavtosanoat» kompaniyasi uzoq yillar davomida O‘zbekistondagi Gimnastika federatsiyasining bosh homiysi bo‘lib, sportchilarimizning barcha tashabbuslarini doimo qo‘llab-quvvatlab keladi.
UzAuto kompaniyasining butun jamoasi va O‘zbekiston Gimnastika Federatsiyasi gimnastikachilarimizga yangi g‘alabalar tilaydi! Siz mamlakatimiz faxrisiz!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter