O‘zbek shaxmatchilari Gretsiyada muvaffaqiyat qozondi

Gretsiyaning Rodos shahrida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasida yakunlangan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Umida Omonova (16 yosh) jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shuningdek, Humoyun Bekmurodov (12 yosh) kumush medali sohibiga aylandi.
Chempionatda dunyoning 40 davlatidan 330 nafardan ortiq yosh shaxmatchi ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter