O‘zbekiston alamli mag‘lubiyatga uchradi. Saidovning goli hisobga olinmadi
U17 Jahon chempionati chorak finalida O‘zbekiston o‘smirlari Fransiya bilan bahs olib bordi.
Yevropa jamoasi bosim uyushtirishga harakat qildi, O‘zbekiston esa qarshi hujumga tayanib o‘ynadi.
Vakillarimiz birinchi bo‘lim oxirlarida gol urib ketishi mumkin edi. Yahyo O‘rinboyev zarbasini fransuzlar darvozaboni qiyinchilik bilan qaytarib qoldi.
Ikkinchi taymda O‘zbekiston gol urdi. Ammo hakamlar Saidovning golini o‘yindan tashqari holatda urilgan deb inobatga olmadi.
Ikkinchi taymning 83-daqiqasida Fransiya gol urib ketdi. Qolgan vaqtda futbolchilarimiz hisobni tenglashtirishga urinishdi. Ayniqsa, qo‘shib berilgan daqiqalarda Saidovning zarbasi xavfli chiqdi. Bu safar ham raqiblar darvozaboni jamoasini qutqardi.
Fransiya — O‘zbekiston 1 - 0
I.Bouneb 83ʼ
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter