Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Angliyani mag‘lub etdi

O‘zbekiston Angliyani mag‘lub etdi

Indoneziyada o‘tayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining nimchorak finalida O‘zbekiston Angliya ustidan g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda jamoamiz to‘purari Amir Saidov tezkor gol urgan bo‘lsa, ikkinchi taymda jamoa sardori Lazizbek Mirzayev jarima zarbasidan g‘alaba golini kiritdi.

U-17 Jahon chempionati, 1/8 final

ANGLIYa - O‘ZBEKISTON 1:2

Gol: Amir Saidov 4, Jojl Ndala 36, Lazizbek Mirzayev 67, 1:2

Angliya: 1. Tommi Setford, 2. Josh-Kofi Achempong, 3. Jeyden Megoma, 5. Lekli Samuel (s), 6. Ish Samuel-Smit, 10. Sam Amo-Ameyav ( 9. Jastin Obovaoduo, 80), 11. Joel Ndala, 14. Denni Reys (4. Finli MakAllister, 46), 16. Mayls Lyuis-Skelli, 18. Kris Rig (20. Etan Nvaneri,63) 19. Metti Verxorst

Zaxira: 13. Kurd Teddi (gk), 21. Finley Xerrik (gk), 7. Tayler Dibling, 8. Maykl Golding,12. Xarrison Myurrey-Kempbel, 15. Jo Jonson, 17. Archi Stivins,

O‘zbekiston: 21.Muhammadyusuf Sobirov, 5.Azizbek To‘lqinbekov, 6. Ozodbek O‘ktamov (3.Yahyo O‘rinboyev, 46), 7.Lazizbek Mirzayev (s), 8.Behruz Shukurullayev (4.Behruzjon Karimov,90), 9.Amirbek Saidov (18.Jasur Hikmatullayev,90+4) 13.Behruz Jumatov, 16.Muhammadali Reimov (15. Ozodbek Ergashev, , 17.Ollabergan Karimov, 19.Sherzod Abdulboriyev, 20.Dilshod Abdullayev.

Zaxira: 1. Jahongir Bo‘riyev, 12. Jahongir Mamatqulov, 2. Aminbek Yoqubov,  10. Abdulhamid Turg‘unboyev, 11. Quvonchbek Abrayev, 14.Shodiyor Shodiboyev,

Ogohlantirish: Denni Reys (Angliya) 21, Amirbek Saidov (O‘zbekiston) 27, Ish Samuel-Smit (Angliya) 65, Jeyden Megoma (Angliya)

Chetlatish: Jamoliddin Rahmatullayev (bosh murabbiy)

E’tiborlisi, O‘zbekiston JCh-2023da 1/4 finalga chiqqan Osiyoning yagona jamoasi bo‘ldi. Keyingi raqibimiz Fransiya – Senegal juftligi g‘olibi bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring