Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston armiyasi xalqaro «REMBAT»ko‘rik-tanlovida qatnashadi

O‘zbekiston armiyasi xalqaro «REMBAT»ko‘rik-tanlovida qatnashadi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston armiyasining rivojlanib borayotgani xalqaro armiya o‘yinlarida qo‘lga kiritayotgan yutuqlarda ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda. 

Xalqaro armiya o‘yinlariga kiritilgan «REMBAT» – «Eng ilg‘or ta’mirlash va evakuatsiya batal’oni» ko‘rik-tanloviga Mudofaa vazirligi jamoasi ham qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Musobaqa shu yilning 3-17-avgust kunlari Rossiya Federatsiyasining Omsk shahrida bo‘lib o‘tadi. E’tiborli jihati shundaki, «Eng ilg‘or ta’mirlash va evakuatsiya batal’oni» ko‘rik-tanlovi tashkil topganiga 3 yil bo‘lgan bo‘lsa, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi mazkur bahsda ishtirok etishga ilk bor kirishmoqda.

Hozirda Chirchiq poligonida kapitan Husan Muhammadiyev boshchiligidagi jamoa uch bosqichli mashg‘ulotlarni bajarishga kirishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring