O‘zbekiston badiiy gimnastika bo‘yicha muvaffaqiyatga erishdi
Osiyo o‘yinlarida bugundan bellashuvlarga kirishgan badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari yakkalik dasturida saralash va jamoaviy yo‘nalish bo‘yicha final bahslarini o‘tkazishdi.
Taxmina Ikromova, Vilana Savadyan hamda Yevelina Atalyansdan iborat jamoamiz 324.8 ball jamg‘arishga erishdi. Quvonarlisi, ushbu natijani hech bir jamoa takrorlay olmadi va hamyurtlarimiz jamoaviy dasturda oltin medalni qo‘lga kiritishdi.
Shuningdek, bugungi chiqishlari orqali Taxmina Ikromova hamda Yevelina Atalyans yakkalik yo‘nalishida ko‘pkurash dasturida medallar uchun kurashish imkonini saqlab qolishdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter