O‘zbekiston Indoneziyani mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi

Osiyo O‘yinlari-2022 nimchorak finali doirasida O‘zbekiston olimpiya jamoasi Indoneziyaga qarshi maydonga tushdi.
Hangjou shahrida o‘tgan bahsda Temur Kapadze shogirdlari o‘yinning asosiy vaqtida indoneziyaliklar bilan durang qayd etishdi – 0:0.
Qo‘shimcha bo‘limda maydonga tushgan Sherzod Esonov 92 va 120-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qilib o‘yin qahramoniga aylandi. Shu tariqa, O‘zbekiston chorakfinalda Saudiya Arabistoni – Hindiston uchrashuvi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi. 1/4 final o‘yini 1 oktyabr kuni o‘tkaziladi.
Osiyo O‘yinlari-2022. Futbol. 1/8 final
O‘zbekiston U23 – Indoneziya U23 – 2:0
Gollar: Sherzod Esanov, 92, 120.
O‘zbekiston U23: 12. Vladimir Nazarov, 2. Saidazamat Mirsaidov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 8. Ibrohim Ibragimov, 9. Ulug‘bek Hoshimov,10. Jasurbek Jaloliddinov, 14. Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 17. Abdurauf Bo‘riyev (Sherzod Esanov, 91), 18. Alibek Davronov, 19. Husayn Norchayev, 20. Ruslanbek Jiyanov.
Zaxira tarkibi: Otabek Boymurodov, Shohjahon Sultonmurodov, Alisher Odilov, Mahmud Mahamadjonov, Behzod Shamsiyev, Otabek Jo‘raqo‘ziyev, Asadbek Rahimjonov, Eldor Begimov, Hamidullo Abdunabiyev.
Indoneziya U-23: 20.Yernando Ari Sutaryadi, 2.Amiruddin Bagas Kaffa Arrizqi, 3.Andi Setyo Nugroxo, 5.Rizki Ridxo Ramazoni, 19.Alfeandra Divangga Santosa, 12.Doni Tri Pamungakas, 15.Muhammad Muslihuddin, 17.Syahrian Abimanyu, 9.Muhammad Ramazon, 10.Yegi Mavlana Vikri, 11.Ranai Melvan Rumakiyek.
Chetlatish: Ugo Samir, 112.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter