Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlandi. «O‘lim guruhi» ham bor

O‘zbekiston kubogiga qur’a tashlandi. «O‘lim guruhi» ham bor

Foto:

Bugun, 21-mart kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi-2024 guruh bosqich bahslariga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’aga ko‘ra, H guruhiga Superliganing to‘rt jamoasi — «Nasaf», «Navbahor», «Andijon» va «Samarqand Dinamo» tushdi. O‘z-o‘zidan, bu kvartet «o‘lim guruhi»ga aylandi.

Qizig‘i, B guruhi to‘liq Pro liga va Birinchi liga jamoalaridan tashkil topdi.

O‘zbekiston kubogi-2024 guruh bosqich 1-tur o‘yinlariga 12 aprelda start beriladi. Birinchi o‘yinlar 12–15-aprel, 2-tur 19–22-aprel, 3-tur 26–29-aprelga belgilangan.

«A» guruhi

  • Bunyodkor
  • Sho‘rtan
  • Jayxun
  • Saralash g‘olibi

«B» guruhi

  • Xorazm
  • Orol
  • Sementchi
  • Saralash g‘olibi

«D» guruhi

  • Qizilqum
  • Olimpik Mobi.uz
  • Lokomotiv
  • Saralash g‘olibi

«E» guruhi

  • Surxon
  • Olimpik
  • Lokomotiv BFK
  • Saralash g‘olibi

«F» guruhi

  • OKMK
  • Mash’al
  • Buxoro
  • Saralash g‘olibi

«G» guruhi

  • Neftchi
  • Do‘stlik
  • Metallurg
  • Saralash g‘olibi

«H» guruhi

  • Andijon
  • Dinamo
  • Nasaf
  • Navbahor

«I» guruhi

  • Jizzax
  • Paxtakor
  • Qo‘qon-1912
  • So‘g‘diyona

O‘zbekiston kubogi finaliga Farg‘onadagi «Istiqlol» stadioni mezbonlik qiladigan bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring