Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJ mart oyida Urugvay bilan o‘ynashi mumkin

O‘zbekiston MTJ mart oyida Urugvay bilan o‘ynashi mumkin

Foto: «the-afc.com»

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi «China Cup» musobaqasida qatnashadi. Mazkur musobaqa 18-26-mart oralig‘ida Xitoyning Guansi shahrida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi O‘FA matbuot xizmati.

Ushbu xalqaro turnirda Urugvay, Xitoy, Tayland kabi terma jamoalari ishtirok etadi. Qur’aga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi Tayland bilan, Xitoy esa Urugvay bilan to‘p suradi. Ikkinchi o‘yinda dastlabki juftliklar g‘oliblari o‘zaro kuch sinashadi. Shuningdek, birinchi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan jamoalar ham bir biri bilan yana bitta o‘yin o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, «China Cup» musobaqasi ikki yildan beri o‘tkazib kelinmoqda. 2017-yil musobaqada Chili, Islandiya, Xorvatiya va Xitoy qatnashgan. Chili terma jamoasi g‘olib chiqqan.

2018-yilda mazkur turnirda Urugvay, Uels, Chexiya va Xitoy ishtirok etdi. Urugvay terma jamoasi g‘olibga aylandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring