Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MTJning yangi libosi taqdim etildi

O‘zbekiston MTJning yangi libosi taqdim etildi

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Germaniyaning «Jako» kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi va ushbu shartnomaga ko‘ra O‘zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi – 2019 dan boshlab yangi liboslarda maydonda to‘p surishi ma’lum bo‘lgandi.

Bugun Milliy olimpiya qo‘mitasi binosida O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi libosi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Marosimda yig‘ilganlarga milliy terma jamoamiz uchun «Jako» kompaniyasi tomonidan tayyorlangan yangi formalar namoyish qilindi.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

O‘FA Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Olim Arifov «Jako» kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha yig‘ilganlarga quyidagilarni ma’lum qildi: «O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoamizga libos yetkazib beruvchi bir qator kompaniyalar bilan muzokara o‘tkazib, yakunda Germaniyaning «Jako» kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bor. Bu kompaniya biz uchun manfaatli bo‘lgan shartlar asosida bizga liboslarni taqdim qilmoqda. Milliy terma jamoamiz a’zolariga 116 xil libos va aksessuarlar bepul taqdim qilinsa, qolgan terma jamoalarga 50 foizli chegirma asosida formalar yetkazib beriladi.

Yetkazib berilayotgan liboslar ichida har qanday ob-havo sharoitida mashg‘ulot o‘tkazish va maydonda harakat qilishga mo‘ljallangan libos va aksessuarlar mavjud.

«Jako» kompaniyasi bilan 3 yillik shartnoma imzolangan bo‘lib, Milliy terma jamoamiz Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashsa, shartnoma muddati uzaytiriladi va shartlari qayta ko‘rib chiqiladi», – deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi Olim Arifov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring