Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Shri-Lankani dog‘da qoldirdi

O‘zbekiston Shri-Lankani dog‘da qoldirdi

Skrinshot

Bugun, 8-iyun kuni Osiyo kubogi-2023 saralashi 1-turi doirasida Namangan shahrida O‘zbekiston va Shri-Lanka terma jamoalari uchrashdi.

Dastlabki ikki gol jarima zarbalaridan so‘ng darvoza to‘ridan joy oldi: Jaloliddin Masharipovning ajoyib golini (1:0) chap oyoqda ham urish mumkinligini Doston Hamdamov isbotladi (2:0).

Ikkinchi taymda orolliklar jarima maydonida ketma-ket urinishlardan so‘ng ham darvoza to‘riga tushishni «istamayotgan» to‘pni himoyachimiz Farrux Sayfiyev kuchli zarbasi bilan bo‘ysundirdi (3:0). Gol!

O‘yin suratdagi muxlis istagan hisob bilan yakunlandi.

Osiyo kubogi-2023 saralashi

C guruhi

1-tur

O‘zbekiston — Shri-Lanka — 3:0

Gollar: Masharipov (36), Hamdamov (48), Sayfiyev (60)

O‘tkazilgan 1-turdan so‘ng 3 ochkodan to‘plagan O‘zbekiston va Tailand terma jamoalari C guruhi peshqadamlariga aylanishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring