Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston terma jamoasi Kamerun bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadimi?

O‘zbekiston terma jamoasi Kamerun bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadimi?

Foto: www.ftbl.ru

Bir necha kun oldin Kamerun internet saytlarining birida 28 may kuni Toshkentda O‘zbekiston va Kamerun terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilishi haqida xabar tarqatilgan edi. Ushbu xabar mamlakatimizdagi bir qator sportga ixtisoslashgan nashrlarda ham e’lon qilindi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati ushbu xabarga izoh berdi. Tashkilot rasmiylarining bildirishicha, ushbu ma’lumotlar haqiqatdan yiroq.

«Bu xabarlar asossiz. O‘zbekiston terma jamoasining Kamerun bilan o‘rtoqlik o‘yini borasida kelishuv hozircha yo‘q.

Boz ustiga o‘sha kunlari O‘zbekiston superliga o‘yinlari bor, boshqa o‘rtoqlik o‘yinlari rejalashtirilmagan», — deb aytdi assotsiatsiyasining matbuot xizmati vakili.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring