O‘zbekistonlik futbolchi Fransiya vitse-chempioni safiga o‘tmoqda
Belarusning «Energetik-BGU» klubi hamda O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi Abduqodir Husanov faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettiradi.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik 19 yoshli himoyachi Fransiya chempionati vitse-chempioni «Lans» klubi bilan shartnoma imzolagan. Fransuz klubi hozircha bu xabarni rasman tasdiqlamagan. Lansliklar yakunlangan mavsum ligada «PSJ»dan (85) bir ochko kam (84) jamg‘arib, 2-o‘rinni egallagan holda Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olgandi.
Avvalroq, O‘zbekiston yoshlar jamoasi (U20) safida Osiyo chempioni bo‘lgan va Argentinadagi yoshlar o‘rtasidagi JCh-2023da ishtirok etgan Abduqodir Husanovning o‘yinlari yevropalik skautlar tomonidan kuzatilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Husanov joriy mavsum Minsk klubi safida 8 o‘yinda bitta golga mualliflik qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter