O‘zbekistonlik futbolchi ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
![O‘zbekistonlik futbolchi ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi](http://static.xabar.uz/crop/2/9/720_460_95_2956638073.jpg)
Bangladesh futbol federatsiyasi (BFF) tomonidan noqonuniy faoliyatda qatnashish, shu jumladan onlayn pul tikish, spot o‘yinlar o‘tkazish, o‘yinlarni manipulyasiya qilish va kelishilgan o‘yinlarda qatnashishda ayblangan ikki klub jazolandi.
Unga ko‘ra, Premer-ligasi ishtirokchisi «Uttara Baridhara» va 1-liga ishtirokchisi Karvan Bazar» 2 va 3-divizionga tushirib yuborildi.
Manbada aytilishicha, «Baridxara» klubi chempionat doirasida «Abahani» va «Sheyk Jamal»ga qarshi o‘yinlarda onlayn pul tikishda ishtirok etgan.
Natijada «Baridxara» klubining 5 nafar futbolchisi, jumladan, o‘zbekistonlik himoyachi Saiddoston Fozilov ham aybdor deb topilgan va ikki yilga diskvalifikatsiya qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter