Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik ikki sportchi doping sabab diskvalifikatsiya qilindi

O‘zbekistonlik ikki sportchi doping sabab diskvalifikatsiya qilindi

Xalqaro bodibilding federatsiyasi (IBF)ning xabar berishicha, o‘zbekistonlik ikki nafar bodibildingchi topshirgan doping testi natijalarida taqiqlangan modda borligi aniqlandi.

Bodibildingchi Tixon Galaktionovda testosteron va stanozolol moddalari aniqlangan bo‘lsa, Milena Prudskixda torasemid (diuretik) moddasi borligi ma’lum bo‘ldi. Sportchilar 2026 yil noyabr oyiga qadar diskvalifikatsiya qilindi.

Ma’lumot uchun, Torasemid — diuretik, Testosteron va stanozolol esa — anabolik gormon hisoblanadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring