Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik mashhur sport murabbiyi operatsiyadan so‘ng vafot etdi

O‘zbekistonlik mashhur sport murabbiyi operatsiyadan so‘ng vafot etdi

Kecha, 23-may kuni O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi bosh hakami, mashhur sportchi Aida Hasanova 39 yoshida to‘satdan vafot etdi.

Bu haqda O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatgan. 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, sportchi kosmetologik operatsiya davomida noto‘g‘ri dori vositasi qo‘llanilishi oqibatida shokka tushgan. Biroz vaqt o‘tgach, u 16-shahar shifoxonasiga olib borilgan. Hasanova taxminan kechki soat 19:00 larda shifoxonada vafot etgan.

Aida Hasanova 1983-yil 4-avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

U qilichbozlik bo‘yicha sport ustasi, 2001-2006-yillarda mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. 2005-yilda Angliyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda g‘olib bo‘lgan.

2014-yilda Aida O‘zbekiston tarixida birinchi bo‘lib uch qurol turi bo‘yicha xalqaro qilichbozlik hakami bo‘lgan. O‘sha yildan boshlab u Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining hakami sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring