Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik qilichboz jahon chempioni bo‘ldi!

O‘zbekistonlik qilichboz jahon chempioni bo‘ldi!

BAAda bo‘lib o‘tgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida sablyachimiz Zuhriddin Qodirov g‘alaba qozonib, O‘zbekiston tarixida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk qilichboz bo‘ldi.

O‘smirlar toifasida sablya qurolida bahs olib borgan vakilimiz Kanada, Misr, Vengriya, AQSh va finalda Germaniya vakillari ustidan g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bellashuvda Qodirov Kolin Xetkokni 15:13 hisobida dog‘da qoldirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring