Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik taekvondochi jahon chempioni bo‘ldi!

O‘zbekistonlik taekvondochi jahon chempioni bo‘ldi!

Meksikada o‘tkazilayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining yana bir kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi. +73 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz Svetlana Osipova jahon chempionligini qo‘lga kiritdi!

Final bellashuvida Osipova isroillik Dana Arzanni 3 raundda (2:1) mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bilan Osipova jahon chempionatlarida g‘alaba qozongan birinchi taekvondochi qizimiz sifatida tarixda qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jahon chempionatida ikki vakilimiz sovrindor bo‘lishgandi.

Terma jamoa yetakchisi, olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashidov esa kutilmaganda yutqazib qo‘ygandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring