Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik Tamila Sarixonova Xalqaro boks assotsiatsiyasida muhim lavozimni egalladi

O‘zbekistonlik Tamila Sarixonova Xalqaro boks assotsiatsiyasida muhim lavozimni egalladi

Xalqaro sport olamida juda ko‘p turdagi rasmiy daraja va lavozimlar mavjud. Afsuski, ular orasida, hali hamon vatandoshlarimiz juda kamchilikni tashkil qiladi.

O‘zbekiston boksi bir necha yillardan buyon jahon yetakchilaridan bo‘lib kelmoqda, shunga qaramay rasmiylarimiz ro‘yxati juda kamchilikdan iborat.

Tamila Sarixonova o‘zbek boksi tarixida birinchi bo‘lib nazoratchi unvonini olgani esa quvonarli hol, albatta.

Boks bo‘yicha nazoratchi yoki rasmiy nom – texnik delegat har qanday darajadagi boks musobaqalarini o‘tkazish va muhim qarorlar qabul qilishga javobgar shaxs hisoblanadi.

Boksda uchta yuqori daraja mavjud: hakam va referi, xalqaro texnik amaldor va texnik delegatlar.

Tamila Sarixonova olimpiya boksi olamiga yaqinda kelgan bo‘lsada, tezda hamkasblarining e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Va u navbatdagi IBA Kongressida milliy federatsiyalar bilan ishlash qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib saylandi. Osiyo boks Konfederatsiyasi uni ayollar komissiyasi a’zosi etib tayinladi.

Shunday qilib bugungi kunda Tamila Sarixonova  xalqaro boks olamida mamlakatimizning yagona ayol vakili bo‘lib turibdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring