Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekneftgaz»: Turkiyada davom etayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida yengil atletikachilarimiz 3 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritishdi

«O‘zbekneftgaz»: Turkiyada davom etayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida yengil atletikachilarimiz 3 ta oltin va 1 ta kumush medalni qo‘lga kiritishdi

Turkiyaning Konya shahrida bo‘lib o‘tayotgan V Islom birdamligi o‘yinlarida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik yengil atletikachilarimizning zafarli yurishlari davom etmoqda. Navbatdagi kungi bellashuvlarda qatnashgan sportchilar tomonidan 3 ta oltin va 1 ta kumush medal qo‘lga kiritildi.

Dastlabki kungi musoboqalarda qatnashgan sportchilarimizning qo‘lga kiritayotgan g‘alabalaridan ilhomlanib, bahslarga kirishgan atletlarimiz 100 foizlik natijaga ega bo‘lishdi.

Jumladan, tajribali va mahoratli yengil atletikachimiz Suhrob Xo‘jayev bosqon uloqtirish bellashuvlarida raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. U 71.87 metr natija bilan oltin medalga egalik qildi va shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi.

O‘zbek yengil atletikachilari orasida birinchi bo‘lib «Brilliant liga»da muvaffaqiyatga erishgan Safina Sa’dullayeva Konyadagi musoboqalarda ham tengsiz ekanini isbotladi.

Balandlikka sakrash dasturida 1.97 metr natija qayd etib g‘alabaga erishgan Safina oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, mazkur dasturda Svetlana Radzivil ham qatnashib 1.87 natijaga ega bo‘ldi va u kumush medalga sazovor bo‘ldi. Balandlikka sakrash bahslarida ham sportchilarimiz sovrinli o‘rinlarni band qilishdi.

Kolumbiyada o‘tgan yengil atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozongan Sharifa Davronova Islom birdamligi o‘yinlarida ham amalda tengsiz ekanligini isbotladi. Uch hatlab sakrash dasturida qatnashgan atletimiz 14.30 metr natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ushbu sektorda ishtirok etgan Roksana Xudoyorova 13.87 metr natija bilan 4-o‘rinni egalladi.

«O‘zbekneftgaz» AJ Matbuot xizmati

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring