Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zPFL yangi logotipga ega bo‘ldi

O‘zPFL yangi logotipga ega bo‘ldi

O‘zPFLning yangi logotipi.

Foto: «the-uff.com»

O‘zbekiston Professional futbol ligasining yangi logotipini yaratish to‘g‘risida tanlov e’lon qilingach, O‘zPFLga ko‘plab mualliflardan turli ko‘rinishdagi ijodiy ishlar kelib tushgan. O‘zPFL qoshida tuzilgan maxsus komissiyaning xulosasiga ko‘ra g‘olib aniqlandi va u O‘zPFLning rasmiy logotipiga aylandi.

Demak, mazkur logotip barcha professional klublar faoliyatiga joriy etiladi. Klublarning rasmiy xatida, sport kiyimida, stadion banneri va boshqa faoliyatida ushbu logotip aks ettiriladi.

Yaqin orada O‘zPFLning rasmiy sayti ham yangicha ko‘rinish oladi va unda yangi logotip aks ettiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring