Pekin-2022: Qishki olimpiada mash’alasi yoqildi

Gretsiyaning qadimiy Olimpiyasida 2022-yili Pekin mezbonlik qiluvchi Qishki olimpiada mash’alasi yoqildi, deb xabar berdi «Euronews».
Birinchi mash’alachi gretsiyalik tog‘-chang‘ichisi Ioannis Antoniu bo‘ldi.
Koronavirus cheklovlari sababli Olimpiya mash’alasi estafeta dasturi juda cheklangan. U bugun, seshanba kuni Afinadagi «Panatinaikos» stadionida xitoyliklar delegatsiyasiga topshiriladi. Marosim tomoshabinlarsiz, rasmiy delegatsiyalar vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter