Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekin-2022: Shvetsiyalik konkichi jahon rekordi bilan g‘alabani rasmiylashtirdi

Pekin-2022: Shvetsiyalik konkichi jahon rekordi bilan g‘alabani rasmiylashtirdi

Nils van der Pul.

Foto: «Getty Images»

Pekinda bo‘lib o‘tayotgan Qishki olimpiadada Shvetsiya vakili Nils van der Pul erkaklar o‘rtasida 10 000 metrga konkida yugurish musobaqalarida ishonchli g‘alaba qozonib oltin medalni qo‘lga kiritdi.

E’tiborli jihati, u yangi jahon rekordini o‘rnatdi, endi bu ko‘rsatkich — 12:30.74. Skandinaviyalik sportchi salkam bir yil avval o‘rnatgan o‘z shaxsiy natijasini ham ikki soniyadan ko‘proqqa yaxshiladi.

Ikkinchi o‘rinni Niderlandiya vakili Patrik Rust, uchinchi o‘rinni italiyalik Davide Gotto qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot o‘rnida: konkida yugurish sportida Niderlandiya dunyoda yetakchi mamlakat. Olimpiya g‘olibi Nils van der Pul Shvetsiyada tug‘ilgan, otasi esa asli niderlandiyalik — xokkey o‘ynash uchun Shvetsiyaga kelib o‘rnashib qolgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring