Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pensionerlar» Lukakuning xizmatidan voz kechishga tayyor

«Pensionerlar» Lukakuning xizmatidan voz kechishga tayyor

Foto: «Chempionat»

«Chelsi»ning 28 yoshli taran hujumchisi Romelu Lukaku tez orada boshqa bir mamlakat poytaxt jamoasi safini to‘ldirishi mumkin.

«El Nacional» yozishicha, «Chelsi» rahbariyati Lukakuni 75 million funtga sotishga rozi. O‘z navbatida, Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» jamoasi talab qilingan xuddi shu miqdordagi pulni londonliklar hisobiga o‘tkazib berishga tayyor.

So‘nggi paytlarda Romelu Lukaku va bosh murabbiy Tomas Tuxel chiqishmayotgani haqida sport nashrlari ko‘p yozmoqda.

Romelu Lukaku — «Chelsi» tarixidagi eng qimmat futbolchi. 2021-yilning 12-avgustida «pensionerlar» belgiyalikni «Inter» (Milan)dan 115 mln. yevroga sotib olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring