Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Plyaj futboli. JCh finalida Braziliya va Belarus to‘qnashdi

Plyaj futboli. JCh finalida Braziliya va Belarus to‘qnashdi

Foto: FIFA

Seyshel orollarida 11-may kuni plyaj futboli bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.

Braziliya navbatdagi marotaba jahon chempioni bo‘ldi — finalda Belarus 4:3 hisobida mag‘lub etildi.

Gollarni braziliyaliklardan Lukao (2), Rodrigo (13, 35) va Katarino (13), belaruslardan Novikov (7) va Igor Brishtel (29, 30 — pen.) kiritdi.

Plyaj futboli bo‘yicha jahon chempionatlari tarixida braziliyaliklar eng ko‘p — 16 marta bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan. Chempionlikning 9 tasiga Beach Soccer Worldwide boshqaruvi ostidagi musobaqalarda (1995–2004), 7 tasiga FIFA boshqaruvidagi musobaqalarda (2005–2025) erishilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring