Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident ikki karra paralimpiya chempioni bilan telefonda muloqot qildi

Prezident ikki karra paralimpiya chempioni bilan telefonda muloqot qildi

Videodan skrinshot

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarining yadro uloqtirish musobaqalarida oltin medalga sazovor bo‘lgan Bobur Omonov bilan telefonda muloqot qildi

Davlatimiz rahbari Bobur Omonovni ikki karra paralimpiya chempionidek sharafli nomga sazovor bo‘lgani hamda 2021-yilda o‘zi o‘rnatgan Paralimpiada rekordini yangilagani bilan chin dildan qutlab, ushbu natija O‘zbekiston paralimpiya harakati tarixida muhim voqea bo‘lganini ta’kidladi. Bu galgi o‘yinlarda ham yuksak mahoratini yana bir bor tasdiqlash yo‘lida unga ko‘makdosh bo‘lgan murabbiylari va yaqinlariga rahmat aytdi.

Bobur Omonov xalqimiz ishonchini oqlaganidan xursandligini bildirib, terma jamoamizning, shu jumladan o‘zining muvaffaqiyatli chiqishlari O‘zbekistonda prezident rahbarligida sportga qaratilayotgan alohida e’tibor va yaratilayotgan sharoitlar tufayli ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev kecha sovrindor bo‘lgan sportchilarimizni ham tabriklab, qolgan bugungi bellashuvlarda qatnashadigan hamyurtlarimizga omad tiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring