Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Prezident kubogi»: Uch nafar bokschimiz finalda, Isroildan g‘alabani tortib olishdi

«Prezident kubogi»: Uch nafar bokschimiz finalda, Isroildan g‘alabani tortib olishdi

Foto: «Olamsport»

Ostona shahrida boks bo‘yicha Qozog‘iston prezidenti kubogi uchun turnir bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu musobaqada yetti nafar bokschimiz yarim finalda jang o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

«Olamsport» nashrining xabar berishicha, hozirgacha o‘tkazilgan janglarda uch nafar bokschimiz finalga yo‘l olgan. Ikki nafari esa mag‘lubiyatga uchragan.

Dastlab -56kg vazn toifasida ringga chiqqan Shahobiddin Zoirov yarim finalda jahon chempioni, mezbon bokschi Qayrat Yeraliyevga qarshi ringga ko‘tarilgan. Hamyurtimiz bahsni yomon o‘tkazmagan, ammo, yakunda hakamlar mezbon bokschining g‘alabasini qayd etishdi va Yeraliyev final yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shahobiddin esa musobaqaning bronza medali bilan kifoyalandi.

Turnirning -60kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini Shunqor Abdurasulov himoya qilmoqda. Bokschimiz final yo‘llanmasi uchun mezbonlar vakili Zakir Safiullinga qarshi ringga ko‘tarildi.  Jangni faol o‘tkazgan bokschimiz g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Endi Shunqor musobaqaning hal qiluvchi finalida rossiyalik Gabil Mamedovga qarshi jang o‘tkazadi.

Musobaqaning -75 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Isroil Madrimov yarim final jangida qozog‘istonlik Amankulga qarshi ringga ko‘tarildi. Uchta raundning kamida ikkitasida raqibidan ustunlikka erishsa-da Madrimovga yakunda hakamlar g‘alabani berishmagan. Shunga qaramay, Isroil Madrimov ringdan chiqib ketishi oldidan o‘zining sevimli saltosini amalga oshirdi. U «Prezident Kubogi»ning bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

Turnirning -81 kg vazn toifasidagi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev yarim final jangida qozog‘istonlik Nurdauletovga qarshi ringga ko‘tarildi. Uch raundlik jang yakunida hamyurtimiz g‘alaba qozondi va turnirning finaliga yo‘l oldi. 

Bahslarda -64kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Iqboljon Xoldorov yarim final jangida tailandlik Vuttichaiga qarshi ringga ko‘tarilib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va finalga chiqdi. 

Yarim final bahslarida yana ikki nafar bokschimiz – Aliyor Noraliyev va Mahmud G‘oipov ringga ko‘tarilishadi. Ularga ham mezbon jamoa vakillari raqiblik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring