«PSJ» darvozaboni shifoxonada: u o‘ta og‘ir ahvolda ekani aytilmoqda
«PSJ» darvozaboni Serxio Riko otdan yiqilib, jiddiy jarohat oldi. Bu haqda Ispaniyaning El Mira nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 29 yoshli darvozabon Ispaniyada ot minib yurgan va yiqilishdan keyin boshidan kuchli jarohat olgan. Futbolchi vertolyotda kasalxonaga olib ketilgan. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Ispaniyalik darvozabon 2020-yildan buyon «PSJ»da o‘ynab kelmoqda. «Sevilya» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, to‘qqiz yil davomida ispan klubi safini himoya qildi. Keyin darvozabon «Fulxem» va «PSJ»da o‘ynadi.
Bu mavsumda Riko parijliklarning asosiy tarkibida maydonga tushmadi. Umuman olganda, deyarli uch yil ichida PSJ safida 11 ta o‘yin o‘tkazdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter