«PSJ» sobiq futbolchisi yurak xurujidan vafot etdi

«PSJ» va Kamerun terma jamoasining sobiq futbolchisi Modest M’Bami 40 yoshida yurak xurujidan vafot etdi.
«PSJ» rahbariyati Modestning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
M’Bamining so‘nggi klubi Fransiyaning «Le Gavr» jaomasi bo‘lib, u yerda 2014-yildan 2015-yilgacha o‘ynagan. 2000-yilda futbolchi Kamerun terma jamoasi tarkibida Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan.
M’Bami shuningdek, Marselning «Olimpik», Ispaniyaning «Almeriya», Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klublarida ham to‘p surgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter