Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«PSJ» sobiq yulduzi pichoqlanib, shifoxonaga yotqizildi

«PSJ» sobiq yulduzi pichoqlanib, shifoxonaga yotqizildi

Fransiyaning «PSJ» klubi va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Esekel Lavessi o‘z uyida pichoqlanganidan so‘ng zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda FM Gente xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, sobiq hujumchining uyiga tez yordam mashinasi yetib kelgan va uni shifoxonaga olib ketgan. Jarohatdan tashqari, Lavessida suyak sinishi ham kuzatilgan.

Biroq sobiq futbolchining oilasi oilaviy janjal haqidagi ma’lumotni rad etmoqda. Sobiq futbolchining yaqinlari u lampochkani almashtirmoqchi bo‘lganida zinadan yiqilib tushganini da’vo qilmoqda. Maldonado politsiyasi ushbu holat bo‘yicha tergov boshlagan va giyohvand moddalar bilan aloqadorligini tekshirmoqda.

Lavessi 2012-yildan 2016-yilgacha «PSJ»da o‘ynagan. Bu vaqt ichida u jamoa safida 100 dan ortiq o‘yin o‘tkazdi. Parijliklar safida u uch marta Fransiya chempionligi, shuncha marta mamlakat Superkubogi, ikki marta Liga kubogi va bir marta Fransiya kubogi sohibi bo‘lgan.

Hujumchi «Jenoa» va «Napoli»dagi o‘yinlari bilan ham tanilgan.U faoliyatini 2019-yilda Xitoyning «Xebey China Forchun» klubida yakunlagandi.

Lavessi Argentina terma jamoasida 50 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring