Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«PSJ»ning yangi bosh murabbiyi ishga kirishdi

«PSJ»ning yangi bosh murabbiyi ishga kirishdi

«Barselona» va Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike «PSJ»ni qabul qilib oldi.

Bu haqda fransuz jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mutaxassis bilan shartnoma 2025-yilgacha amal qiladi.

53 yoshli ispaniyalik mutaxassis 2022/23 yilgi mavsum boshlanishidan oldin parijliklarni boshqargan Kristof Galtiyerni almashtirdi va klub bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. Sobiq murabbiy qo‘l ostida  «PSJ» 11-marta Fransiya chempionligini qo‘lga kiritdi.

Ispaniya terma jamoasini tark etgach, Luis Enrike ishsiz edi. U Ispaniya terma jamoasi bilan birga 2022-yilgi jahon chempionatida ishtirok etdi. Qatarda uning shogirdlari 1/8 final bosqichida Marokash termasiga yutqazib qo‘yishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring