Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qafas»dagi so‘nggi futbolchi faoliyatini yakunladi

«Qafas»dagi so‘nggi futbolchi faoliyatini yakunladi

Chexiyalik iqtidor nihoyat «butsasini mixga ildi»

Foto: «Getty Images»

Bir necha kun oldin «Borussiya» va «Arsenal»dagi o‘yinlari bilan tanilgan Tomash Rositski futbolchilik faoliyatini yakunladi. Nihoyat u doimiy jarohatlar bilan kurashishdan charchadi...

«Nike» kompaniyasining «The Secret Tournament» («Maxfiy turnir») yoki «The Cage» («Qafas») deb nomlangan mashhur reklamasida suratga tushgan futbolchilar ichida faoliyatini yakunlamagan birgina vakil aynan Tomash Rositski edi.

100 million dollarga baholangan mazkur reklama 2002 yilgi Jahon chempionati arafasida suratga olingan. Rolikda Ronaldo, Figu, Anri va Roberto Karlos singari 24 nafar mashhur futbolchi 8 jamoaga bo‘lingan holda sirli, qorong‘i kemada joylashgan qafas ichida futbol o‘ynashadi.

O‘yinlar birinchi golgacha davom etib, mag‘lub jamoa musobaqadan chiqib ketadi. G‘olib esa, pley-off tizimida yurishni davom ettiradi. Rolik yakunida Anri, Totti va Nakatadan iborat «Triple Espresso» jamoasi finalda Ronaldo, Figu, Roberto Karlos kabi yulduzlardan tashkil topgan «Os Tornados»ni mag‘lub etadi. Barcha o‘yinlarga moziy yulduzi Erik Kantona hakamlik qiladi.

Rolik saundtreki Elvis Preslining «A Little Less Conversation» qo‘shig‘iga ishlangan remiks bo‘lib, uni Junkie XL yozgan.

Asosiy rolik aprel oyida namoyish etilgan bo‘lsa, iyun oyida kompaniya huddi shu qoidalar bo‘yicha ko‘cha turnirlarini o‘tkazgan. Musobaqalarda London, Pekin, Mexiko, Buenos-Ayres, Madrid, Parij, Seul, Tokio, Berlin, Rim va boshqa shaharlardagi 2 milliondan ortiq o‘smir ishtirok etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring