Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

2024 yil Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga sportchilarimizni kompleks tayyorlash bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra:

  • jamoaviy sport turlari (futbol, basketbol, gandbol, chim ustida xokkey, regbi, voleybol) bo‘yicha Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida olimpik professional klublari tashkil etiladi;
  • suv sporti, og‘ir atletika, qilichbozlik, boks, dzyudo, regbi, futbol, chim ustida xokkey, voleybol, o‘q otish bo‘yicha sport infratuzilmasi tashkil etiladi, rekonstruksiya hamda jihozlash ishlari o‘tkaziladi;
  • takomillashtirilgan o‘quv hamda antidoping dasturlari va adabiyotlar tayyorlanadi, terma jamoalarni tayyorlashda ishtirok etish va maslahat berish uchun xorijiy trenerlar va ekspertlar jalb qilinadi;
  • o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadli ko‘rsatkichlari hamda milliy terma jamoalarning kontingenti tasdiqlanmoqda:
  • Olimpiya o‘yinlari bo‘yicha 244 ta dasturda ishtirok etish hamda 26 ta sport turi bo‘yicha 103 ta litsenziyani qo‘lga kiritish;
  • Paralimpiya o‘yinlari bo‘yicha 476 ta dasturda ishtirok etish hamda 12 ta sport turi bo‘yicha 105 ta litsenziyani qo‘lga kiritish;
  • sport menejmentini yaxshilash uchun katta to‘rtlik (big four) auditorlik tashkilotlaridan biri jalb qilinib, barcha bo‘g‘in auditdan o‘tkaziladi va uning natijalari bo‘yicha Prezident qarori loyihasi kiritiladi;
  • sport uyushmalari rahbarlari vakant lavozimlarini to‘ldirish, past natijalarni ko‘rsatgan, budjet mablag‘laridan samarali foydalanmagan va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ygan uyushmalar rahbarlari lavozimlariga yangi nomzodlar bo‘yicha taklif kiritiladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring