Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qodirjon Tursunov O‘zbekiston biatlon federatsiyasiga rais bo‘ldi

Qodirjon Tursunov O‘zbekiston biatlon federatsiyasiga rais bo‘ldi

Foto: O‘zA

Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti markaziy kengashida O‘zbekiston biatlon federatsiyasining navbatdan tashqari II konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya-yig‘ilishda federatsiya raisi va rais o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlar ko‘rib chiqildi.

Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, Mudofaa vazirining o‘rinbosari Qodirjon Tursunov federatsiya raisi, «Vatanparvar» tashkiloti markaziy kengashi raisi o‘rinbosari Alisher Abdusamatov rais o‘rinbosari lavozimiga saylandi.

2022-yilning yanvar oyida Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston biatlon federatsiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring