2034-yilgi Jahon chempionatining O‘zbekiston va Qozog‘istonda o‘tishi rejasi rad qilindi
![2034-yilgi Jahon chempionatining O‘zbekiston va Qozog‘istonda o‘tishi rejasi rad qilindi](http://static.xabar.uz/crop/6/0/720_460_95_607477033.jpg)
Kecha, 21-iyul kuni championat.asia nashri Qozog‘iston futbol federatsiyasi rahbari Adilet Barmenqulovga tayanib O‘zbekiston bilan birgalikda 2034-yil futbol bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish rejasi borligi haqida xabar bergan edi.
Nashr bu haqda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyodagi turkiyzabon davlatlar futbol assotsiatsiyalari mutasaddilarining har ikki federatsiya rahbariyati ishtirok etgan sammitida aytilganini qayd etgan.
Qozog‘iston Madaniyat va sport vazirligi mazkur ma’lumotni rad qildi.
«Madaniyat va sport ishlari vazirligi Qozog‘iston futbolini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib, bu yo‘nalishda har tomonlama qo‘llab-quvvatlamoqda. Ammo shuni ta’kidlaymizki, Qozog‘istonda jahon chempionatini o‘tkazish masalasi ko‘rib chiqilmayapti, shu sababli mamlakatimiz chempionat uchun ariza topshirishni rejalashtirmayapti», — deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, hozirda Saudiya Arabistoni va Xitoy kabi qator davlatlar 2034-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun ariza topshirgani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter