Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qur’a «Real» va «Barselona»ni uchrashtirdi

Qur’a «Real» va «Barselona»ni uchrashtirdi

Ispaniya Kubogining yarim finaliga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, «Real» va «Barselona» va «Betis» – «Valensiya» final yo‘llanmasi uchun kurashadigan bo‘ldi.

Yarim finalda dastlabki bahslar 6-fevral, javob uchrashuvlari 27-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

Shunday qilib, futbol ishqibozlari 1 oyda 3ta «El-klasiko» guvohi bo‘lishadi. Bu qarama-qarshilik dastlab kelgusi haftaning chorshanba kuni kubok doirasida «Kamp Nou»da ro‘y bersa, 27-fevral kuni javob o‘yinini «Santyago Bernabeu»da o‘tkazishadi. 2-mart kuni esa La Liganing 26-turi doirasida yana Madridda o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring