Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqiblar jiddiy — bugun to‘rt bokschimiz chempionlik uchun jang qiladi

Raqiblar jiddiy — bugun to‘rt bokschimiz chempionlik uchun jang qiladi

Bugun Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionati yakuniga yetadi.

Musobaqaning so‘nggi kunida O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar vakili oltin medal uchun jang qiladi.

Juftliklar bilan tanishing:

-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Mahmud Sabirxan (Qozog‘iston)

-57 kg: Abdumalik Xalokov - Seidel Horta (Kuba)

-63.5 kg: Ruslan Abdullayev - Chinzorig Batarsux (Mo‘g‘uliston)

-71 kg: Saidjamshid Jafarov - Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)

Janglar soat 17:00 dan boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lib o‘tgan dastlabki final bahslarida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev qozog‘istonlik Dulat Bekbauovni, Hasanboy Do‘smatov fransiyalik Bilal Bennamani, Bahodir Jalolov kubalik Alexandro Arzolani yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring