Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» «El-Klasiko»da ustun keldi

«Real» «El-Klasiko»da ustun keldi

«El-Klasiko»da Kataloniya va Madrid klublari «Kamp Nou»da bahs olib borishdi.

Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Valverde mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Barselonaliklar darhol javob qaytardi: Fati hisobni tenglashtirdi va u «El-Klasiko» tarixida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. 

Ikkinchi bo‘limda hakam maydon egalari darvozasi tomon penalti belgladi. Ramos ashaddiy raqibiga navbatdagi golini urdi.

Uchrashuvning oxirlarida hujumga berilib ketgan kataloniyaliklarni qarshi hujumda Modrich jazoladi.

Barselona – Real Madrid 1:3
Gollar: 0:1 – 5 Valverde, 1:1 – 8 Fati, 1:2 – 63, penalti Ramos, 1:3 – 90 Modrich.

Barselona – Neto, Pike, Langle, Dest, Alba, Buskets (Dembele, 82), de Yong, Fati (Grizmann, 82), Koutino, Pedri (Trinkau, 82), Messi.

Real Madrid – Kurtua, Ramos, Mendi, Varan, Nacho (Vaskes, 43), Valverde (Modrich, 69), Kazemiro, Vinisius Junior, Kroos, Asensio (Rodrigo, 81), Benzema.

Ogohlantirishlar: Kazemiro (19), Langle (29), Nacho (37), Alba (62).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring