Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» Lopetegini iste’foga chiqardi

«Real» Lopetegini iste’foga chiqardi

Foto: «eurosport.ru»

Kutilganidek, «Real Madrid» klubi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi iste’foga chiqarildi.

«Qirollik klubi» ushbu murabbiy qo‘l ostida 14 ta rasmiy o‘yinda maydonda tushib, ularning 6 tasida g‘alabaga qozongan, yana oltita o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita bahsda durang qayd etilgan.

Endi jamoani Santyago Solari vaqtincha boshqarib turadi. U bungacha «Real Kastilya» jamoasida ishlab kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, Lopetegi «Real» bilan joriy yilning iyun oyida shartnoma tuzgandi. Uning bu qarori mojaro keltirib chiqargan, murabbiy Rossiyadagi «JCh-2018» boshlanishiga sanoqli kun qolganda Ispaniya terma jamoasidan bo‘shatilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring