Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» «Milan» hujumchisi uchun 128 million dollar taklif qildi

«Real» «Milan» hujumchisi uchun 128 million dollar taklif qildi

Foto: «SAPO Desporto»

«Real Madrid» hujumchi Rafael Leau uchun «Milan»ga 128 million dollar to‘lashga tayyor. Biroq Italiya chempioni bunga rozi emas.

Kilian Mbappeni qo‘lga kirita olmagan «Real» hujumni kuchaytirish yo‘llarini qidirmoqda. Endi madridliklar 24 yoshli portugal futbolchisiga ko‘z tikishgan.

«Milan» bu yilgi chempionlik kurashidagi asosiy qahramonlaridan biri Leauni 160 million dollardan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. U bilan 2024-yil iyuniga qadar tuzilgan shartnomada tovon puli shuncha ko‘rsatilgan. Qolaversa, milanliklar Leau bilan shartnomani yanada manfaatli shartlar asosida ikki yilga uzaytirishmoqchi.

«Milan» Rafael Leauni 2019-yili «Lill»dan 29,5 million yevroga sotib olgan. Ortda qolgan mavsumda portugaliyalik 34 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol, 8 ta golli uzatma muallifi  bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring