Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» muxlislarining hafsalasi pir bo‘ldi

«Real» muxlislarining hafsalasi pir bo‘ldi

Foto: «Sport24.ru»

«Real» muxlislari Angliyaning «Liverpul» klubiga qarshi o‘tkaziladigan UEFA Chempionlar ligasi final o‘yiniga sotib olgan 2200 dan ortiq chiptalarini qaytarib berishdi.

«Lenta.ru»ning xabar berishicha, Kiyevdagi logistika va joylashuv muammosi, narxlarning sun’iy oshirib yuborilishi madridliklarning hafsalasini pir qilgan.

Ta’kidlanishicha, avvaliga «Real»ning 24 268 nafar doimiy muxlisi finalni stadionda ko‘rish istagini bildirgan, klub esa 12 802 dona chiptani ular o‘rtasida taqsimlagandi.

Ammo may oyi boshlarida Kiyev mehmonxonalari Chempionlar ligasi finali arafasida narxlarni oshirishi haqidagi xabarlar paydo bo‘ldi. Eng qimmat mehmonxona xonasi sakkiz ming yevrogacha chiqishi aytildi. Britan jurnalistlari esa ikki kechaga Kiyev mehmonxonasini band qilish 1,5 ming funtdan (1,7 ming yevro) 11 ming futgacha (12,5 ming yevro) turishini yozishgandi.

Eslatib o‘tamiz, final 26 may kuni Kiyevning «Olimpiyskiy» stadionida bo‘lib o‘tadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring