Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» nomdor futbolchisi bilan xayrlashdi

«Real» nomdor futbolchisi bilan xayrlashdi

Garet Beyl  Madridning «Real» jamoasidagi faoliyatini yakunlamoqda. Uelslik forvardning «Real» bilan shartnomasi 2022-yilning 30 iyunida yakuniga etadi.

Beyl 2013 yildan buyon o‘ynab kelayotgan «Real Madrid» muxlislari bilan ijtimoiy tarmoq orqali xayrlashgan.

«Men bu xabarni barcha jamoadoshlarimga, murabbiylarim, yordamchi xodimlarim va meni qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimga minnatdorchilik bildirish uchun yozyapman.

Bu yerga 9 yil oldin «Real»da o‘ynash orzusini ro‘yobga chiqarmoqchi bo‘lgan yigit sifatida kelganman. Va o‘zim uchun muhim bo‘lgan natija — Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish sharafiga erishdim», deya yozadi Beyl.

Futbolchi faoliyatini qaysi klubda davom ettirishi hozircha noma’lum. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring