Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» tarixida birinchi marta: o‘yinni ayol hakam boshqaradi

«Real» tarixida birinchi marta: o‘yinni ayol hakam boshqaradi

Foto: Football.ua

Fransiyalik futbol hakami Stefani Frappar 2-noyabr kuni Yevropa chempionlar ligasining «Real» (Ispaniya) va «Seltik» (Shotlandiya) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinini boshqaradi.

«Real Madrid» tarixida birinchi marta uning o‘yinini ayol hakam boshqaradi.

Aytish kerakki, ushbu bellashuvning amaliy ahamiyati qolmagan: madridliklar pley-offga yo‘llanma olib bo‘lishgan, hatto yirik hisobdagi g‘alaba ham Shotlandiya chempionini guruhdagi eng so‘nggi o‘rindan qo‘zg‘ata olmaydi.

Stefani Frappar bu yilgi mavsumda Fransiya chempionatining 6 ta, Yevropa ligasining 2 ta, JCh-2022 saralashining 2 ta o‘yiniga bosh hakam sifatida maydonga tushdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring