Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» «Valensiya»ni yengib, Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi — Kroosdan supergol (video)

«Real» «Valensiya»ni yengib, Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi — Kroosdan supergol (video)

Ispaniya Superkubogi joriy yilda o‘zgacha formatda o‘tmoqda. Avvallari faqat La liga chempioni va Ispaniya Kubogi sohibi o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lsa, bu yil to‘rt jamoa yarim final va finalda bellashadi. Uchrashuvlar esa Saudiya Arabistonida o‘tkazilmoqda.

Dastlabki yarim finalda Madridning «Real» klubi va «Valensiya» to‘qnash keldi. Uchrashuv madridliklar ustunligi bilan boshlandi va 15-daqiqada Toni Kroos supergol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. U burchak to‘pini to‘g‘ri darvozaga yo‘lladi. Bu vaziyatda «Valensiya» darvozaboni Domenek ojiz qoldi.

Shundan so‘ng ham ustunlik «Real» tomonida bo‘ldi — 39-daqiqada Isko, 65-daqiqada esa Luka Modrich gol kiritdi. «Valensiya» esa faqat 90-daqiqaga kelib VAR tizimi orqali belgilangan penalti tufayli hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Yagona javob goli Parexo tomonidan kiritildi.

Bugun, tungi soat 00:00da Ispaniya Superkubogi yarim finalida «Barselona» va «Atletiko» to‘qnash keladi. Ushbu juftlik g‘olibi finalda «Real»ga qarshi maydonga tushishi lozim.

Ispaniya Superkubogi
Yarim final
«Valensiya» – «Real» Madrid 1:3 (0:2, 1:1)
Gol: 0:1 – 15 Kroos, 0:2 – 39 Isko, 0:3 – 65 Modrich, 1:3 – 90, penalti Parexo.
Valensiya – Domenek, Garay, Gayya, Gabriel Paulista, Vass, Koklen (Sobrino, 83), Kondogbia (Maksi Gomes, 58), Parexo, Soler, Ferran Torres, Gameyro (Cherishev, 70).
Real Madrid – Kurtua, Ramos, Karvaxal, Mendi (Marselo, 71), Varan, Modrich (Xames, 77), Isko, Kazemiro, Kroos, Valverde, Yovich (Mariano Dias, 83).
Ogohlantirish: Kazemiro (88).

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring