Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» yana bir futbolchisini «Manchester Yunayted»ga sotmoqchi

«Real» yana bir futbolchisini «Manchester Yunayted»ga sotmoqchi

Foto: CaughtOffside

Yarimhimoyachi Marko Asensio «Real»dan «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkin. Ushbu tashabbus Madrid jamoasidan chiqdi.

Marko Asensio.
Foto: Blaze Trends

Asensio «Real»da muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Futbolchining shartnomasi muddati yanagi yozda tugaydi, biroq «qirollik klubi» buni kutib, o‘z tarbiyalanuvchisini tekinga qo‘yib yubormoqchi emas. «Real» 26 yoshli futbolchisini 30 mln yevroga sotishdan umidvor, deb yozdi The Telegraph.

«Real»dan «qariya» Kazemironi juda qimmatga sotib olgan «Manchester Yunayted» hozir «Ayaks» futbolchisi Antoni uchun kurashmoqda. Arzonmas. Agar o‘xshamasa, Marko Asensioni olishar, balki...

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring