Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» yoki «Barselona»: Mbappe ikkilanmoqda

«Real» yoki «Barselona»: Mbappe ikkilanmoqda

«PSJ»ning 23 yoshli yulduz-hujumchisi Kilian Mbappe «Real Madrid»ga o‘tishi haqida ko‘p gapirilmoqda. Biroq fransuz futbolchisi «Barselona» taklifini ham ko‘rib chiqishga shayligini bildirdi.

«L’Equipe» yozishicha, «Barselona» qay tarzda rivojlanmoqchi — shunisi Mbappeni qiziqtiryapti.

Xabarlarga ko‘ra, Mbappe — kataloniyaliklar yozda qo‘lga kiritishni rejalashtirgan Erlin Hollanga muqobil nomzod.

Kilian Mbappening «PSJ» bilan shartnomasi muddati 2022-yilning yozida tugaydi. Joriy mavsumda u Parij jamoasi uchun 26 gol urib, 17 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring