Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real»ni tark etgan Serxio Ramos o‘ziga yangi jamoa topishga ulgurdi

«Real»ni tark etgan Serxio Ramos o‘ziga yangi jamoa topishga ulgurdi

Foto: «M.fotostrana.ru»

Parij Sen-Jermeni Serxio Ramos bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Parijning «PSJ» klubi Ispaniya himoyachisi Serxio Ramos bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ispaniyalik futbolchi PSJga erkin agent sifatida qo‘shildi va ikki yillik shartnoma imzoladi.

PSJ prezidenti: «Serxio Ramos — mukammal futbolchi, tarixdagi eng yaxshi himoyachilardan biri!»

«PSJ» prezidenti Nosir Al-Xelayfi ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos bilan shartnoma imzolaganiga izoh berdi.

«U zamonamizning eng zo‘r o‘yinchilaridan biri. Ramos mukammal futbolchi, tarixdagi eng yaxshi himoyachilardan biri. U tug‘ma kurashchi, yetakchi va ajoyib mutaxassis. Uning tajribasi bizga katta yordam beradi. U endi PSJda ekanligidan g‘ururlanaman», — dedi Al-Xelayfi klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Serxio Ramos: «Mening maqsadim — rivojlanishda davom etish va unvonlarni qo‘lga kiritish!»

Ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos «PSJ»ga o‘tishi haqida fikr bildirdi.

«Men PSJga o‘tganimdan juda xursandman. Bu men uchun yangi sinov va o‘zgacha kun. Maqsadim — rivojlanishda davom etish va unvonlarni yutib olish», — deya PSJ rasmiy sayti Ramosning so‘zlarini keltirgan.

17-iyun kuni «Qirollik klubi» yarimhimoyachisi Serxio Ramos «Real» bilan xayrlashgani haqida xabar bergandik.

Eslatib o‘tamiz, unga Angliyaning «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» hamda Fransiyaning «PSJ» jamoalari qiziqish bildirishgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring